BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

AOKA nomidan noqonuniy foydalangan sayt rahbariyati ogohlantirildi

Taftish.uz veb-sayti muxbirlari N. A. hamda H. S. faoliyatlari davomida davlat bayrog`i foniga “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Taftish.uz axborot agentligi” yozuvlari kiritilgan №003 va №007 sonli guvohnomalardan foydalanishgan. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 21 aprel kuni veb-sayt bosh muharriri G`. A. Agentlikka taklif qilindi va ushbu holat yuzasidan suhbat o`tkazildi.

G`.A. suhbat davomida Taftish.uz veb-sayti muxbirlariga guvohnomani shaxsan o`zi berganligi, ushbu shakldagi guvohnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida hech qanday g`arazli maqsad ko`zlamagani, xususan Agentlik nomi va davlat bayrog`ini guvohnomada aks ettirish qonunga zid va javobgarlikka olib kelishi mumkin ekanidan bexabar ekani hamda bu ishidan pushaymonligini  ta`kidlab o`tdi.

Agentlik xodimlari tomonidan G`.A. xizmat guvohnomalarini tayyorlashda davlat ramzlari fonida o`zi foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan soxta (noto`g`ri) ma`lumotlar kiritish, uning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish amaldagi qonunchilik talablariga zid ekani tushuntirilib, bu kabi harakatlar jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo`lishi mumkinligi haqida rasman ogohlantirildi.  

Veb-sayt bosh muharriri xodimlarga berilgan guvohnomalar qisqa muddat ichida yo`q qilinishini bildirdi.  

Ma`lumot o`rnida, avvalroq Buxoro va Andijon viloyatlarida soxta guvohnoma bilan o`zlarini Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xodimi sifatida tanishtirib, ta`magirlik qilgan shaxslar aniqlangan edi.

Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qolgani yuzasidan ishchi guruh tuzildi Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar metro tunneli bo‘ylab yurib ketayotganini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, bugun, 17:50larda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Milliy bog‘” va “Novza” stansiyalari oralig‘ida texnik sabablarga ko‘ra bitta harakat tarkibi to‘xtatilgan.  “Barcha yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Metropolitenning ushbu yo‘nalishdagi xarakat davom etmoqda. “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va vaziyatni aniqlab olish uchun ishchi guruh tezkor tashkil etilganini ma’lum qiladi. Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka e’lon qilinadi”, deyiladi DUK xabarida. Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lyapti. 7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi. 8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta. Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi.

Fikr qoldiring