Antarktidada Koronavirus aniqlandi

COVID-19 infeksiyasi Antarktidada ham aniqlandi, u shu kungacha Er sayyorasidagi bu kasallikdan holi bo`lgan yagona qit`a edi. Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.

Chili milliy qahramoni nomini olgan Antarktika stansiyasi shaxsiy tarkibi orasida COVID-19 tarqalishi haqida mamlakat Mudofaa vazirligi ma`lum qildi. Hammasi bo`lib, 36 kishi kasallikka chalingan, ular 26 chililik askar va stansiyada ta`mirlash ishlarini olib borgan fuqarolik tashkilotining o`n nafar xodimi edi.

“General Bernardo O'Higgins” bazasida bo`lganlarning hammasi COVID-19 bilan kasallangani xabar qilinmoqda. Barcha jabrlanganlar allaqachon evakuasiya qilingan va hozirda shifokorlar nazorati ostida. Chili Mudofaa vazirligi qutb tadqiqotchilarining kasalligi hech qanday asoratsiz davom etishiga ishontirgan. Antarktidadagi baza binolari xodimlarni evakuasiya qilishdan so`ng dezinfeksiya qilingan.

Реклама на Unews

Ma`lumot uchun, hozirgi kunga kelib, 77 million 850 785 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 1 million 711 815 nafari vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring