Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Angliya premer ligasida o‘tib borayotgan 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlangan. Bu haqda Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Assotsiatsiya talqiniga ko‘ra, «Liverpul» jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. U jami 48 foiz ovoz bilan yetakchilik qilgan.

Undan keyingi o‘rinlarni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va «Vest Xem» xavbeki Deklan Rays egallagan.

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Saloh bu mavsumda 22 ta gol urib, to‘purarlikda ham peshqadam bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinlardagi Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted») Son Xyon Minda («Tottenxem») 17 tadan gol bor.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring