Andijondagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Andijon shahridagi uylarning birida portlash oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 12 mart kuni soat 17:22 da Andijon shahar 1-kichik daha 1-ko‘p qavatli uyning 9-xonadonida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Sodir bo‘lgan yong‘indan yashash xonadonining 50 kv.m. maydonda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonishi hamda chaqnashi oqibatida uy egasi M.M. va uning 2014 yilda tug‘ilgan nabirasi M.J. 50 foiz kuyish-tan jarohati bilan viloyat RSHTYOIM kuyiklar bo‘limiga joylashtirilgan. 

Andijon shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga soat 17:25 da yetib borib, 17:28 da yong‘in o‘rab olingan. Voqea joyiga 4 ta asosiy 1 ta maxsus yong‘in qutqaruv avtomobillari jalb etilgan. Yong‘in soat 17:40 da batamom o‘chirilgan.
 
Yong‘indan ko‘p qavatli uyning taxminan 1200 metr kvadrat maydonda tom qismi va qo‘shni xonadonlar saqlab qolingan. Yong‘inga 4 ta YOQElari va 1 ta AL-30 avtonarvoni jalb etilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring