Andijonda qizlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qizlar o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan videoxabar tarqaldi. 

 

Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, 7 dekabr kuni soat 13:00 da Paxtaobod tumani «Muazzimboy» MFY hududida joylashgan "Gumbaz" oshxonasi oldida shu tumaning "Qashqar" MFYda yashovchi 3 nafar opa-singil — M.N., M.I. va M.A. hamda ularga oldindan tanish bo`lgan, "Navro`z" MFYda yashovchi fuqarolar — S.S. va S.Yu. o`rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalning kelib chiqishiga M.N. tomonidan S.Yu.ga haqoratli so`zlarning aytilgani sabab bo`lgan. 

Реклама на Unews

 

Holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, chora ko`rish uchun JIB Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring