Andijonda gaz-zapravkalar soat 16:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkaziladi. Sababi...

Andijonda 27 oktyabrdan boshlab viloyat hududidagi jami 81 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (gaz-zapravkalar)ga tabiiy gazni yetkazib berish har kuni tong soat 06:00 dan kech soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. Bu haqda «Hududgaz Andijon» kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, «qish mavsumida tabiiy gazni yetkazib berishda texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan bog‘liq ishlar bajarilishi munosabati bilan, viloyatga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilmoqda». Shu sababli yetkazib berilgan tabiiy gaz taqsimotiga ko‘ra, gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilgan.

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish 27 oktyabrdan tong soat 06:00 dan kech soat 16:00 ga qadar belgilandi. Viloyatimizdagi haydovchilardan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirishda har kunlik belgilangan vaqt (06:00 – 16:00) oralig‘ida gaz to‘ldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raymiz», — deyiladi kompaniya axborotida.

Реклама на Unews

Qayd etish joiz, 21 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev yil yakuni bilan tabiiy gaz qazib olishni ko‘paytirish, ichki bozorga qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Avvalroq O‘zbekistondagi loyihalaridan Xitoyga gaz eksport qilishni to‘xtatgan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi gazni O‘zbekistonning ichki bozoriga yo‘naltirish bo‘yicha hukumat bilan kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring