Andijon xokimi 200 nafar sirdaryolik ayol Xonabod sihatgohida dam olishini aytdi

Avval xabar qilganimizdek, Andijon viloyati xokimi Shuhrat Abdurahmonov “Sardoba“ suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari jabr ko‘rgan Mirzaobod tumani Navbahor MFY aholisi bilan uchrashdi deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Uchrashuv chog‘ida ushbu musibat nafaqat Sirdaryoliklarniki, balki Andijonliklarning va butun O‘zbekistonliklarning tashvishi ekanligi xususida to‘xtalib o‘tdi.

Реклама на Unews

Uchrashuv davomida Navbahor MFY hududida qad rostlaydigan shinam, barcha qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan, alohida tomorqasiga ega bo‘lgan, o‘zbekona urf odatlarga binoan tandur-o‘choqlariga ega bo‘lgan xonadonlarning loyihasi bilan tanishtirdi.

Sardoba vayronalari. Andijonlik ustalar bu yerda 132 ta uy quradi (foto)

Shuningdek, Andijon viloyati xokimi hududdagi uy egalarining nazorati ostida mazkur uylar 1 oy muddatda bitkazilishini, bu muddat ichida Navbahor MFY ayollari esa Andijon viloyati Xonabod shahrining so‘lim maskanlarida hordiq chiqarishlarini aytdi.

Реклама на Unews

Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari osonlashadi

JSST koronavirusning bolalar uchun xavfli oqibatidan ogohlantirdi

«Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilindi - Bosh prokuratura

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring