Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida 159,3 mln so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “T.D.F” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 326,4 mln so`m bo`lgan “gipoxlorid kalsiy 65%” dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 mln so`mga, ya`ni o`rtacha bozor narxidan 159,3 mln so`mga qimmat narxlarda sotib olishib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring