Andijon hokimining audiosi tarqalmoqda. Hokimlik holatga aniqlik kiritdi (audio)
3147 14-11-2020 0 O'zimizdaIjtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga tegishli ekani aytilayotgan audio tarqalmoqda.
Audioda ikki holat mavjud bo`lib, birinchi holatda hokim OAV vakillari — jurnalistlarga nisbatan munosabat bildirgan. Ikkinchi holatda esa viloyatning Marhamat tumani aholisi, xususan qabuliga kelgan ayollarni qamab qo`ygani ma`lum qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo`layotgan mazkur audio yuzasidan viloyat hokimligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, mazkur audioyozuv Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovga tegishli ekanligi, ammo ushbu audioyozuv bundan ikki yil muqaddam yozib olinganligi ma`lum bo`lgan.
Bundan tashqari audioyozuvda viloyat hokimining bildirgan fikrida barcha OAV vakillariga emas, aksincha ayrim noxolis OAV xodimlariga nisbatan aytilganligini bilish mumkin.
Jumladan, o`tgan davr mobaynida OAV vakillari bilan shaxsan viloyat hokimining ishtirokida 20 dan ziyod ochiq muloqotlar, brifinglar, press turlar hamda matbuot anjumanlari o`tkazildi.
Shuningdek viloyat hokimligi Respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha OAV vakillari bilan doimiy ravishda Andijon viloyati ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy yangiliklarni yoritib borishda doimiy hamkorlikni yo`lga qo`ygan, deyiladi rasmiy munosabatda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!