BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ana xolos! Rossiyalik ayolda koronavirusning 18 ta turi aniqlandi

Rossiyalik ayolning tanasida koronavirusning 18 ta yangi turi rivojlandi. Ushbu holat rus olimlari tomonidan ma’lum qilindi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, immuniteti pasaygan 47 yoshli ayol olti oy davomida COVID-19ga qarshi kurashgan. U yuqumli kasallikni 2020 yil aprel oyida kasalxonada kimyoviy terapiya kursidan o‘tayotganda yuqtirgan. Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 9 sentyabrgacha rossiyalik ayoldan olingan testlar infeksiya uchun musbat natijani ko‘rsatdi.

Mutaxassislar bahorda va yoz oxirida bemordan olingan natijalarni taqqoslab o‘rganganlarida  koronavirusning yangi mutasiyalari mavjudligini aniqladilar.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

JSST mutaxassislari ishni Uxanning o‘zidan boshlaydi Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirus infeksiyasining sabablarini o‘rganish uchun joriy yilning 14 yanvar kuni Xitoyga tashrif buyurishi haqida xabar bergandik, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. Ma’lum bo‘lishicha, JSST mutaxassislari koronavirus manbasini, u birinchi marta aniqlangan Uxan shahridan izlashni boshlaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan aytgan. "Hozirgi rejamizga ko‘ra, ular 14 yanvar kuni Singapurdan Uxanga uchishadi, agar qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lsa, Xitoy uni hamma bilan baham ko‘rishga tayyor", degan Chjao Litszyan.  JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirusni o‘rganish uchun Xitoyga safar uyushtirilayotganidan xursandligini bildirgan.  Qayd etilishicha, JSST ekspert guruhiga Rossiya, AQSH, Vetnam, Buyuk Britaniya, Sudan, Qatar, Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya va Yaponiya olimlari kiradi.  Ma’lumot o‘rnida, koronavirus ilk marta 2019 yilning 17 noyabrida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan. U odamlarga ko‘rshapalaklardan o‘tishi mumkin deb taxmin qilingan, ammo qaysi hayvon virusni yuqtirishda ko‘rshapalaklar va odamlar o‘rtasida vositachiga aylangani noma’lum. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 91 mlndan oshgan. 1 mln 955 mingdan ko‘p bemor vafot etgan. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring