Ana xolos! Eng “og‘zi yomon” aktrisa ma’lum bo‘ldi!

“BuzzBingo” portali aktrisalar o‘rtasida tahlil o‘tkazdi va ularning qaysi biri kadrda juda ko‘p marotaba “yomon” so‘zlar ishlatganligini aniqladi.

Tadqiqot natijasi ommaviy axborot vositasining veb-saytida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Emili Blant eng ko‘p haqoratli so‘zlar aytadigan aktrisa deb topilgan.

Реклама на Unews

Ana xolos! Eng “og‘zi yomon” aktrisa ma’lum bo‘ldi

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, u tomonidan gavdalantirilgan qahramonlar 81 marotaba o‘ta odobsiz so‘zlarni ishlatishgan, aksariyat odobsiz so‘zlar (33 ta) "Poyezddagi qiz" trillerida aytilgan.

Ikkinchi pog‘onadan aktrisa Jenifer Lourens o‘rin olgan. Uning hisobida 75 ta haqoratli so‘zlar qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni 70 ta haqorali so‘zlar aytgan Lesli Mann egallagan.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, top-o‘ntalikka Vaynona Rayder, Mila Kunis, Frensis MakDormand, Bel Pauli, Jyuli Delpi, shuningdek, Kristen Uig va Jennifer Lopes kirtilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring