"Ana mardlik" – Sud`yalar oliy kengashi raisi deputat Rasul Kusherbaev ustidan arz qildi

Sud`yalar oliy kengashi raisi Holmo`min Yodgorov deputat Rasul Kusherbaev ustidan parlament etika komissiyasiga arz qilgan. Bu haqda Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qilmoqda. 

Da`vo sababi qilib deputat o`zining munozaralaridan birida ularni 2 daqiqa-yu 24 soniyada 9 marta nomard deb atagani ko`rsatilgan.

"Bu insonni prokuror, tergovchi yo hokim deb o`ylamang. U vaqtda u kishi Oliy sud raisining o`rinbosari, mustaqil, xolis sud hokimiyatining vakili edi. Endi esa Sud`yalar Oliy Kengashiga raislar.  

Реклама на Unews

Bu kishi o`shanda sud`yalik obro`sini "pachoq qilib"  aybsizlik prezumsiyasigayam qaramay, tergovi tugamagan, sud baho bermagan Bo`stonliqdagi bir guruh fuqarolarni noqonuniy uy qurgan, soxta hujjat tayyorlagan, deb shu yo`l bilan o`zining quyi sudlariga "yashirin ko`rsatma" bervorgandilar. Ana mardlik",–deya munosabat bildirgan Kusherbaev.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring