Amerikalik olimlar koronavirusga qarshi antitanalar organizmda qancha vaqt yashashini aytdi

COVID-19 infeksiyasini paydo qiladigan SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitana darajasi kasallikning yengil yoki o‘rtacha shakli bilan kasallangan bemorlarda besh oyga yaqin saqlanib qoladi. Bunday xulosa Nyu-Yorkdagi Mount Sinai tibbiyot markazi olimlari tomonidan aytildi, deb yozmoqa "Aniq.uz" nashri. 

Tadqiqotda koronavirus tasdiqlangan 30 mingga yaqin odam ishtirok etgan. Olimlarning ta’kidlashicha, antitana qayta kasallanishdan himoyalashi yoki yana kasallikka chalingan odamda virusni kuchsizlantirishi mumkin.

Londondagi Imperial kolleji olimlari tomonidan avvalroq o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan odamdagi antitanalar darajasi bir necha oy ichida qayta kasallanishdan himoya qila olmaydigan darajada kamayib ketishini aniqlangandi. Ayniqsa, tadqiqotchilar antitanalar darajasining keskin tushib ketishini COVID-19 bilan belgisiz kasallanganlarda qayd etgan. Shuningdek, olimlar 75 yoshdan katta bemorlarda ham antitana tez kamayib ketishini aniqlagan.

Реклама на Unews

«Sputnik V» vaksinasining klinik tadqiqotlari rahbari Nikita Lomakin esa koronavirusdan sog‘ayganlarda antitanalar to‘liq 3-5 oyda yo‘qolib ketishini va ular qayta kasallanishi mumkinligini aytgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring