Amerikada «o‘lgan» ayol hammani qo‘rqitib yubordi

AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida istiqomat qiluvchi ayol tirilib, dafn qilish byurosi xodimlarini qo‘rqitib yubordi. Ular endi murda bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lib turishganida ayol ko‘zini ochdi, deya xabar berdi mahalliy «WXYZ-TV» telekanali,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

23-avgust, yakshanba kuni ertalab Taymish Boshamp ismli 20 yoshli qizning ahvoli yomonlashgan. Onasi shu zahoti tez yordam chaqirgan. Zudlik bilan yetib kelgan shifokorlar qizni yarim soat jonlantirishga urinishgan, biroq, oxir-oqibat, uning joni uzilganini ma’lum qilishgan. Shifokorlardan so‘ng sudtibekspertlar ham qizning o‘limini tasdiqlashgan. Murdani yorib ko‘rishmagan, negaki qotillik alomatlari qayd etilmagan.

Taymishning qarindoshlari uning tanasini dafn qilish byurosiga topshirishdi. Bir necha soatdan so‘ng onasiga qo‘ng‘iroq qilib, qizi ko‘zini ochganini aytishdi: u tirik ekan.

Реклама на Unews

Buni qarangki, qiz umuman nafas olishdan to‘xtamagan. Uni bir yarim soatga o‘liklar safiga qo‘shib qo‘yishgan. Jabrlanuvchining oilasi yollagan advokat shu vaqt oralig‘ida qizning salomatligi jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Hozir qiz hayot, faqat shifoxonada. U sun’iy nafas berish apparatiga ulab qo‘yilgan.

«Reanimatsiya qilishganida uning o‘lganini aytishdi. Ulardan: «Bunga 100% aminmisizlar?» deb so‘raganimda ular «Ha», deb javob berishdi. So‘ngra menga qo‘ng‘iroq qilishib, qizim tirikligini, u nafas olayotganini, hozir shifoxonada ekanligini aytishdi», — deya so‘zlab berdi qizning onasi.

Rasmiylar sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan allaqachon surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring