«Allohdan bunday sharoitda olib ketmasligini so‘radim». Yulduz Usmonova bir necha kun isitmalab yotgani haqida so‘zlab berdi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova shu kunlarda og‘ir kasallikni boshdan kechirganini so‘zlab berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz " nashri.

Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova
«Kasal bo‘ldik, lekin vahima qilgim kelmadi. Nima qilaman odamlarning kayfiyatini buzib. Kimdir meni yaxshi ko‘radi, kimningdir ko‘rishga ko‘zi yo‘q. Kasal ekanligimni aytib, muxlislarimni xafa qilib, meni xushlamaydiganlarni xursand qilgim kelmadi.

Juda qattiq kasal bo‘ldim. Sizga yolg‘on, menga chin. Olloh doktorning ham yaxshisini yetkazdi. O‘zi menga shifoni ham yetkazdi.
Koronavirus bo‘lmadim, bronxial astma qo‘zidi. Vrach menga har doim harakatda bo‘lishni, shar puflashni hamda sodali suv ichishni tayinladi. Bir paytlar avariya bo‘lib qovurg‘am singanida shar puflagandim, bu o‘pkaga ham yaxshi ekan. Kim kasal bo‘lsa, shar puflasin. Qiyin, lekin foydali.

Lekin o‘sha kunlari rosa yig‘ladim. Ollohimga duo qildim — shukur shu kunlarga ham, faqat shu kunlarda, bunaqa sharoitda olib ketma, dedim. To‘rtta odam ham kelmayapti-da janozaga. Korona desa, qarindoshlar ham kelmayapti. Doktorlar ham kelsa kelmasa, hamma yoqda korona deb tashlayapti. Ko‘pchilikda astma bor, ayrimlarda bronxit yoki pnevmoniya. O‘zimizni asraylik, bolalarga muzdek ichimlik, muzqaymoq bermaylik, konditsioner yoki ventilator ostida yotmaylik. Ilohim kasallarga shifo bersin, kasal bo‘lmaganlarni bu balo chetlab o‘tsin
», — deydi Yulduz Usmonova.

Shuningdek, xonanda pandemiya davrida ayrim haqiqatlarni anglaganini ham aytib o‘tdi.

«Men mana shu pandemiya paytida ancha-muncha aqlimni yig‘ishtirib oldim, menga foyda berdi. Oldin to‘g‘risi, u kerak, bu kerak, deb o‘ylardim. Aslida insonga ko‘p narsa kerakmas ekan. Bizning nafsimiz balo. Odamlarga yomon bo‘lib, ular o‘lganida bizning ham ruhimiz tushib ketdi-ku. Demak, biz bir-birimizga kerakmiz. Bizning sog‘lig‘imiz bir-birimizga kerak. Agar siz sog‘-salomat, bardam-baquvvat bo‘lib yursanglar, men ham tinch bo‘lar ekanman. Shuni bildim o‘zim uchun», —deydi Yulduz Usmonova.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring