Allergiyasi bor yoki homilador ayollar va bolalarga emlanish mumkinmas. Ular koronavirusdan qanday himoyalanadi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda koronavirus bilan bog`liq bir qancha savollarga javob berildi. 

Agarda vaksinani tarkibidagi biror vositaga allergiya bo`lsa, yoki homilador ayollarga va bolalarga bugungi kunda vaksina bilan emlanish mumkinmas. Bunday holatlarda biror alternativ vaksinani usuli mavjudmi, ular qanday qilib himoyalanadilar?

"Afsuski bugungi kunda ommabop vaksinasiya qilish uchun JSSTning rasmiy ro`yxatidan o`tgan vaksinalar orasida alternativ bo`lgan boshqa vaksinalar yo`q.  

Реклама на Unews

AQSh davlati va Rossiya Federasiyasining bir necha turdagi vaksinalarini bugungi kunda bolalar va homiladorlarga moslashtirilgan turlari ishlab chiqilgan bo`lib, ularni 3-klinik bosqich tadqiqotlari davridan o`tkazilmoqda.  

Bolalar va homiladorlarga xavfsizligi, samaradorligi va sifati jihatidan to`liq 3-klinik bosqich tadqiqoti tugatilsa ommabop qo`llanish uchun JSST rasmiy ro`yxatidan o`tkaziladi, undan keyingina ommabop qo`llash uchun tavsiya etiladi.

Bugungi kunda homilador ayollar va bolalar uchun koronavirus infeksiyasidan saqlanishning eng samarali usullari bu — karantin qoidalariga rioya qilishdir.  

Реклама на Unews

Shu bilan birga, ularga sog`lom ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish, odam gavjum joylarga bormaslik, lekin toza xavoda sayr qilish va engil jismoniy faollikni olib borish, nafas mashqlarini muntazam bajarib turish bilan immunitetlarini mutahkamlash tavsiya etiladi. Bu esa o`z o`rnida organizmga infeksiya tushsada engil kechuvida o`tishiga hissa qo`shadi", dedi mutaxassis. 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring