BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Alisher Usmonov ulkan hayriyalarga qaramasdan yana eng boy odamlar o'ntaligida! Uning boyligi qancha?

Rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Roman Abramovich Sunday Times britan nashri reytingiga ko‘ra, navbatdagi marotaba Britaniyaning eng boy odamlari qatoridan joy oldi.

Jumladan, Alisher Usmonov joriy reytingda o‘z pozisiyasini bir pog‘onaga yaxshilab, 2019 yildagi 8-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarilgan. Uning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan. Biznesmenning o‘tgan yilda boyligi 11,399 mlrd funt sterlingga baholangandi. Nashrda ta’kidlanishicha, Usmonov joriy yilda Rossiyaga koronavirusga qarshi kurash uchun 118 mln funt sterling bergan. 

Shuningdek, yana bir rossiyalik tadbirkor, “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman reytingning 11-o‘rnidan joy olgan. Uning boyligi 10,23 mlrd funt sterlingga baholangan. Millhouse investisiya kompaniyasining asosiy egasi Roman Abramovich joriy reytingda o‘tgan yildagi 9-o‘rindan 12-o‘ringa tushib ketgan. Nashrning baholashicha, uning boyligi 10,16 mlrd funt sterlingga teng.   

Joriy reyting yetakchilari britaniyalik tadbirkor, ixtirochi, Dyson kompaniyasi asoschisi Jeyms Dayson va uning oilasi bo‘lgan. Biznesmenning boyligi 16,2 mlrd funt sterlingga baholangan. 

2-o‘rinni Hinduja Group kompaniyasi egalari aka-uka Shri va Gopi Hinduya va Trans World Group kompaniyasi asoschilari aka-uka Devid va Saymon Ruben egallagan. Ikkala aka-ukalarning boyligi 16 mlrd funt sterlingga baholangan. 

Shuningdek, reytingning yuqori o‘ntaligidan biznesmen Leonard Blavatnik, INEOS kimyo konserni egasi Jim Retkliff, , Vestminster gersogi Xyu Grovenor ham joy olgan.

Nashr ekspertlari koronavirus pandemiyasining eng boy britaniyaliklarga ta’sirini ham o‘rganib chiqishgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniyaning eng boy odamlari pandemiya sababli 2 oy ichida 54 mlrd funt sterling yo‘qotgan. Ba’zi tadbirkorlar, jumladan 20 milliarder, pandemiya sababli o‘z xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta’tilga jo‘natgan. Biroq nashrning yozishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlari moliyaviy sohada endi boshlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, Britaniyaning eng boy ming kishisining umumiy boyligi 743 mlrd funt sterlingni tashkil qilmoqda. Bu esa 2019 yilga nisbatan 29 mlrd funt sterling kamroq. 

Import avtomobillarni rasmiylashtirish bo'yicha muhim o'zgarish bo'lishi mumkin! Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu haqida "Kun" nashri xabar bermoqda.  Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi. Qayd etilishicha, xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi, bundan ta'mirlash, shu jumladan qayta tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish maqsadlarida olib kiriladigan avtotransport vositalari mustasno. Ta'mirlash, shu jumladan qayta tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish maqsadlarida olib kiriladigan avtotransport vositalariga kirish bojxona postida yukni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi. Ushbu avtotransport vositalari TIF bojxona posti tomonidan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi va avtotransport vositasi DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olinmaydi hamda elektron ma'lumotlar yuborilmaydi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” “Avto” YaAAT dasturi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi. Chet el fuqarolari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatnoma” asosida olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar respublika hududida boshqarishi va (yoki) tasarruf etishi taqiqlanadi. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan haydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘lanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mustasno hisoblanadi. Belgilangan qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt o‘tgan va respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risida “Avto” YaAATda elektron ma'lumotlar shakllanadi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi. DYHXXning hududiy organlari tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.”. Ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bir ish kuni mobaynida bojxona postlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va bojxona posti boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi va post muhri bilan tasdiqlanadi. Bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanilgan holda “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini 3 yil davomida qayta jihozlash bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi o‘zgarishiga olib kelsa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar to‘langan taqdirda ushbu avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsat beriladi.
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring