BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Alisher Usmonov prezidentimizga maktub yo‘lladi

 

Unda, jumladan, shunday deyiladi

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Bolaligim va yoshlik yillarim o‘tgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik bo‘lar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda og‘riq bilan his qildim.

Muqaddas Ramazon oyida Allohning o‘zi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida g‘amxo‘rlik qilishimiz va ko‘mak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga g‘am-tashvish tushganda ham, bir-birmizni yelkama-yelka turib qo‘llab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam ko‘rsatish uchun 10 million dollar berayapman.

Men xalqimizning duolariga qo‘shilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Allohdan so‘rab qolaman
.
 

Hurmat bilan, Alisher USMONOV»

Konor Makgregorning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

COVID-19 qarshi vaksinani mutasiyaga moslashning imkoni bor

Aprel oyida dollar kursi nega keskin ko‘tarildi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Matematika sohasida sovrini 50 ming dollar bo‘lgan xalqaro mukofot ta’sis etildi – Prezident qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqida  "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatimizda matematika 2020 yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi: birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi; ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi; uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o‘rinlarda – Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, byudjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar xarid qilindi; to‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotlik instituti joriy etildi; beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan: birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik to‘liq ta’minlanmagan; ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirilmagan; uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo‘lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan; to‘rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda; beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas. Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish; ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish; matematika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish; iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo‘yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta’minlash; ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish; Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish; matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish; matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish; mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish. 2. 2020–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi o‘rinlarda –Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2020 yil 1 noyabrga qadar Ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. Belgilansinki, Ixtisoslashtirilgan maktablarda: maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi; maktab direktori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Institut direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi; o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi; matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda: Ixtisoslashtirilgan maktablarning nizomlarini, mazkur maktablarda matematika fani o‘qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari) va matematika fani o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ixtisoslashtirilgan maktablarda Institut va oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Fanlar akademiyasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini (keyingi o‘rinlarda – Milliy sertifikatlash tizimi) joriy qilsin. 8. Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilansin: matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini (keyingi o‘rinlarda – milliy sertifikat) berish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi; matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi; imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi; 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi; Milliy sertifikatlash tizimi uchun test topshiriqlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borishda ekspert sifatida Institut ilmiy xodimlari jalb qilinadi; milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ilmiy faoliyatga doir davlat dasturiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2021 yil 1 yanvarga qadar Milliy sertifikatlash tizimining onlayn platformasini ishlab chiqsin va joriy etsin. 10. Institut tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi tashkil etilsin. Belgilansinki, “Matematika ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish” laboratoriyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Institutni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. 11. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan matematika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda majburiy tartibda Institutning ekspert xulosasi olinadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 1 sentyabrga qadar: matematika bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalarida matematika fani uchun ajratilgan soatlar hajmini oshirish; kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda bitiruvchilarda sohaga oid matematika bo‘yicha amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan loyiha ishlarini amalga oshirish; kadrlarni integrativ fanlararo tayyorlash maqsadida matematika ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shimcha fanlarni (biologiya, geologiya, kimyo, fizika va boshqalar) joriy qilish choralarini ko‘rsin. 13. Institut huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Jamg‘arma faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Institut tuzilmasida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan saqlanadigan 2 shtat birligidan iborat Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish guruhi tashkil etilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotini (keyingi o‘rinlarda – Mukofot) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 15. Belgilansinki: Mukofot bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanadi; Mukofot ikki yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashining taklifiga ko‘ra uchta yo‘nalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar o‘rtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini ta’minlagan tadqiqot) bo‘yicha beriladi; har bir yo‘nalish bo‘yicha Mukofot sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi; Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida Mukofot nomzodlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tavsiyanomasiga ko‘ra amalga oshiriladi; taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston matematika jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi; Mukofot sovrindoriga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish 2021 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda – hududiy bo‘linmalar) tashkil etilsin hamda ularning namunaviy shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 18. Belgilab qo‘yilsinki: hududiy bo‘linmalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan Institutni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;   hududiy bo‘linmalar joylashtirilgan bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni qoplash tegishli oliy ta’lim muassasasining byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; hududiy bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va Institutning tarkibidagi ilmiy bo‘linmalari sifatida faoliyat yuritadi; har bir hududiy bo‘linma tarkibida bir shtat birligidan iborat, 2021 yilda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlanadigan va 2022 yildan boshlab to‘liq xo‘jalik hisobiga o‘tkaziladigan O‘quv markazlari faoliyat yuritadi; hududiy bo‘linmalarning rahbarlari Institut direktori tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasasining rektori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; hududiy bo‘linmalarning ilmiy-tadqiqot ishlari Institutning ish rejasi va ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida amalga oshiriladi. 19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Institut huzurida qonun hujjatlariga muvofiq holda matematika ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashni (keyingi o‘rinlarda – ilmiy kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 20. Institut rahbariyati ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi Institutda faoliyat yuritishini, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida jalb etilishini hamda izlanuvchilarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilishini ta’minlasin. 21. Belgilab qo‘yilsinki: izlanuvchining dissertatsiyalarini ilmiy seminar va ilmiy kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish hamda muhokama qilish sanasi ilmiy kengash tomonidan belgilanadi; izlanuvchiga tegishli ilmiy darajani berish to‘g‘risidagi qaror ilmiy kengash tomonidan qabul qilinadi; ilmiy kengash izlanuvchiga dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qilgan kunning o‘zida davlat namunasidagi ilmiy daraja bo‘yicha diplomni berish vakolatiga ega; ilmiy kengashning tarkibi Institut kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda Institut kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. 22. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Institut uchun Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida yangi qurilgan binoni Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkazib berilishini ta’minlasin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4387-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 24. “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasi matematika sohasidagi taniqli olimlar haqida turkum badiiy va hujjatli filmlarni suratga olish choralarini ko‘rsin. 25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri, 2020 yil 7 may Alisher Usmonov prezidentimizga maktub yo‘lladi Konor Makgregorning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi COVID-19 qarshi vaksinani mutasiyaga moslashning imkoni bor Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring