Alisher Qodirov "Murad Building"ni g`urursizlikda aybladi

"Milliy tiklanish" partiyasi o`zining o`z faoliyati va harakatlar dasturida o`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga qaratgan qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada, bundan avval ham bir nechta tanqidiy chiqishlar va Respublika ko`chalaridagi peshlavhalarda aks etgan xorijiy tildagi yuzuvlar bo`yicha o`z munosabatini bildirib kelgan, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

   Partiya rahbari Alisher Qodirov bu gal o`z e`tiborini O`zbekistonda yirik qurilish kompaniyasi bo`lgan "Murad Building"ga qaratdi:

"Lekin loyiha quruvchisiga g`urur etishmayapti. O`zbek tilini ishlatmaslikka kim sizni majburlayapti Murad Building?! Yoki bizni fidoyi shifokorlarimiz umuman o`zbek tilini  tushunmaydigan bo`lib ketishganmi?

Реклама на Unews

Davlat tilini rivojlantirish departamenti murosasozlik emas murosasizlik qilishi kerak.

Hamma “Davlat tili haqida”gi Qonunga amal qilishi shart!", 

— deya keskin munosabatini bildirgan partiya etakchisi.   

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring