Alibaba kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlaydi

Jahon savdo tashkiloti Alibaba kompaniyasi bilan O‘zbekiston yoshlarini biznes yuritishiga ko‘maklashadi, deb yozmoqda "uznews.uz" nashri.

O‘zbekistonda ilk eksport halqasi tuzildi. Halqa O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi, Jahon savdo tashkiloti, Alibaba kompaniyasi hamda Farg‘ona shahrida ochilgan yangi Biznes akademiyasidan iborat, deya xabar bermoqda Xalq so‘zi Online.
Qayd etilishicha, Jahon savdo tashkiloti akademiya o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida tayyorlaydi, Biznes akademiyasi halqa ishtirokchilarini o‘qitadi, Alibaba kompaniyasi tinglovchilarga tajriba uchun o‘z platformasini ochib beradi.
O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi esa akademiya talabalarini ish bilan ta’minlab, butun eksport halqasi ishlashini nazorat qiladi.
Shu maqsadda Farg‘ona shahrida ilk tadbirkorlik va biznes Akademiyasi tashkil etildi.
Unda o‘quvchilar xalqaro savdo huquqi, logistika, marketing, raqamli tijorat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladi.
Hozircha u yerda 40 nafar talaba o‘qishi mumkin. Talabgorlar yosh, biznes muhitidan xabardor va chet tillarini bilishi tavsiya etiladi. Ular ilk kundanoq Xitoyning gigant kompaniyasi Alibaba’da ish boshlaydi.
O‘zbekiston eksportchilari uyushmasining mazkur onlayn tijorat kompaniyasi bilan kelishuviga asosan Alibaba biznes akademiya o‘quvchilariga o‘z platformasini ochib beradi.
Talabalar har bir amalga oshirgan elektron tijoriy ishi uchun 1 foizdan 5 foizgacha haq ham oladi.
Darslar haftada 6 kun ikki smenada 4 soatdan davom etadi. Akademiyada Jahon savdo tashkilotining maxsus kurslarida tayyorlanib, sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar dars berishadi. O‘qish davomiyligi uch oy.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring