“Albatta, jazo chorasi qo`llaniladi”. Samarqandda ayovsiz kaltaklangan ayollar bo`yicha Senat munosabat bildirdi

Kuni kecha Samarqanddagi mardikor bozorida ikki nafar ayolning ayovsiz kaltaklangani haqida videoxabar tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB holatni o`rganish boglab yuborilganini ma`lum qildi. Ayni paytda hodisa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Shuningdek hodisaga Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi Malika Qodirxonova munosabat bildirdi. 

 

“Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan Samarqand viloyatida ayolning kaltaklanishi bilan bog`liq holat yuzasidan Qo`mitamiz tomonidan IIV mas`ul xodimlari bilan birgalikda o`rganish olib borildi.

Реклама на Unews

O`rganish natijalari ko`rstganidek, mazkur holat joriy yilning 21 iyul kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Yangiariq - 1 mahallasida sodir bo`lgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda, albatta, tegishli jazo chorasi qo`llaniladi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarkand tumani IIB  tomonidan tergovga qadar  tekshiruv harakatlari olib borilmokda.

Реклама на Unews

Ushbu masala yuzasidan qo`shimcha axborot beriladi”, - deyiladi qisqa munosabatda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring