Aktyor Shahzod Sultonov MMAda jang o‘tkazdi

O‘zbekistonlik aktyor Shahzod Sultonov 26-sentyabr, dushanba kuni MMAda debyut qildi.

Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan MMA kechasining asosiy jangida Sultonovga Farohiddin Turdiboyev raqib bo‘ldi. Jangchilar -90 kg vazn toifasida o‘tkazildi.

Jangning uchinchi raundida Sultonov raqibning xatosidan foydalanib, maunt holatiga o‘tib olgan va ketma-ket zarbalardan keyin hakam texnik nokaut qayd etgan.

Реклама на Unews

Shu tariqa Shahzod Sultonov MMAdagi debyut jangida g‘alabaga erishdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring