Aktyor Aziz Rametov qo‘shiqni harom deganlar haqida: "San’atdan ketayotgan bitta Jahongir Otajonovning diplomi bo‘lgan" (video)

Saida Rametovaning o‘g‘li Aziz Rametov «Billur TV»ga bergan intervyusida dinni deb san’atni tark etayotganlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Aktyor san’at xarom emasligini ta’kidlab, agar sanat harom bo‘lsa San’at va madaniyat institutini yopib yuborish kerakligini qayd etgan:

«San’atning etaplari bor: ishtonsiz chiqadigan etapi bor, insonni yaxshilikka chorlaydigan etapi bor. San’at harom ekan, unda Madaniyat institutini yopib yuborish kerak. Ular nega bemalol chiqib san’at harom ekan, deyapti. San’atning qaysi etapi? Baribir, san’atdasiz-ku.

Реклама на Unews

Musiqa harom deyapsiz-da, lekin musiqa bilan yo Rabbiy deb ashula aytyapsiz. Baribir, musiqa sadosida aytyapsiz-ku, u ham san’at-ku. Undan ko‘ra chiqib, "o‘rtoqlar, men boshqa shariatimiz, ayollarimiz iffatini buzadigan ashula aytmayman. Endi hamma aytdadigan navolarim, salovatlarim Yo Robbiy A’laminga bo‘ladi, yaxshilikka bo‘ladi" desa men aytardim "haa" deb...

San’atdan ketayotgan bitta Jahongir Otajonovning diplomi bo‘lgan. Qolgan hech qaysisining diplomi yo‘q, san’atga daxldor inson bo‘lmagan. Ketish kerak bo‘lsa, Ulug‘bek Qodirovdek ketish kerak. San’atdan ketgan ‘Ummon’dagi Shohrux, yana Sherzod Bin… ular san’atga daxldor inson emas. Agar ular professional bo‘lganda, san’atning maqsadi nima ekanligini bilardi.

San’at yaxshilikni targ‘ib qilish uchun yaralgan. Iltimos, bachkana san’atkorlarga teginglar, ular san’atkor emas, bachkana. Xohlaganini qilyapti-da, san’at xarom ekan deyapti. San’atni xarom qilgan senku. Qaytaraman, hozirgi san’atdan ketdim, deganlarning bittasining ham diplomi yo‘q».

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring