Akademik litseylarda o‘rnak ko‘rsatgan pedagoglarga maoshlarining 100 foizigacha ustama to‘lanadi

2020-yil 1-yanvardan akademik litsey pedagoglari va xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida:

- direktorning o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlariga 20 foiz;

- bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli OTM moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, budjetdan tashqari, jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan akademik litseylarda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi.

Реклама на Unews

Akademik litseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega pedagog xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra OTM katta o‘qituvchisiga tenglashtiriladi.

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi rahbarining bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring