AI-80 markali benzinning narxi tushdi

O`tgan haftada «O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» savdolariga 26 991,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 11 504,8 tonnasi, ya`ni 42,6% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 30 xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 251,0 ming so`mdan 6 128,0 ming so`mgacha yoki 2,0% ga pasaydi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 6 215,5 ming so`mni, AI-91 – 7 628,7 ming so`mni tashkil etdi.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring