«Ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» — mast xodim xizmatdan haydaldi

Telegramda «Bugungi ayrim IIO xodimlaridan birining ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

IIV axborot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring