Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida mas`ul bo`lgan yagona organ tuziladi

Prezident farmoyishi (F–5634-son, 17.02.2021 y.) bilan 2021–2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Konsepsiya, jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi:  

  •  asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta`lim, parvarish va boshqa zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo`lmagan bolalarga ko`maklashish;

 

Реклама на Unews

  •  kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o`zini o`zi ta`minlash masalalarini to`liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta`minlash;

 

  •  keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta`minlash;

 

  •  ijtimoiy sug`urta tizimini joriy etish.

 

Реклама на Unews

Shunga ko`ra, konsepsiya doirasida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:  

 

● aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan yagona organni belgilash;

 

● olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga xususiy shifoxonalar jalb etish va ularga subsidiya ajratish;

 

● chin etim yoshlarni uy-joy bilan ta`minlash, boshpanasiz qolgan, og`ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibini joriy etish;

 

● tadbirkorlik va o`zini-o`zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan ishsiz, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar berish;

 

● bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda inson huquqlarini himoya qilishning yagona milliy tizimini saqlagan holda Bolalar Ombudsmani faoliyatini tashkil etish;

 

● imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta`limni uyda berish modelini joriy qilish.

2025 yilga qadar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

 Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 2019 yilgi 1 foizdan 2030 yilda 1,5 foizga etkaziladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring