Aholiga chorva va parrandalar tarqatish yo`lga qo`yiladi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida oziq-ovqat masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazilmoqda. 

Sherzod Asadovni xabar berishicha, davlat rahbari tomonidan yig`ilishda mutasaddilarga quyidagi topshiriqlar berilgan:

  •  15 martga qadar  har bir tumanda kamida 5 tadan mahallada Mirishkor tajribasini yo`lga qo`yish;

 

Реклама на Unews

  •  1 mayga qadar tomorqa xizmati korxonalari orqali Chust va Baliqchi tajribalarini barcha tumanlarda joriy etish va buning uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard so`m ajratish;

 

  •  1 iyunga qadar Taxiatosh tajribasi asosida har bir viloyatda kamida 2 tadan loyihani ishga tushirish;

 

  •  1 sentyabrga qadar har bir viloyatda kamida 2 mingtadan xonadonga naslli chorva mollarini tarqatishni tashkil etish.

 

Реклама на Unews

Umuman, viloyat hokimlari yuqoridagi 3 ta tajriba asosida 2022 yilda jami 200 ming aholi bandligini ta`minlashga shaxsan mas`ul bo`lishi ko`rsatib o`tildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring