Aholi bu haftada haqiqiy yoz issig‘ini his qiladi – O‘zgidromet

Bugun va haftaning oxirigacha O‘zbekiston hududidagi ob-havoni atmosferadagi past bosimli maydon belgilaydi. Bunday holat uchun odatda chilla davrida kuzatiladigan juda issiq havo xosdir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Iyunning oxirida va iyulning boshida kuzatilgan nisbatan qulay haroratlardan so‘ng mamlakat aholisi bu haftada respublikaga Turkmanistondan kiradigan haqiqiy yoz issig‘ini his qiladilar.

Shu kunlarda harorat kechasi 21-24 daraja, kunduzi 37-40 daraja atrofida bo‘ladi, respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida 42 darajagacha ko‘tariladi.

Реклама на Unews

Bu yoz avji uchun xos bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqoridir, biroq bunday haroratlar O‘zbekistonda deyarli har yili kuzatiladi.

Mamlakatning butun tekislik qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li va tog‘oldi hududlarda 13 iyuldan 15 iyulgacha davrda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, yog‘ingarchilik asosan kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlar rivojlanganda kuzatilishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi hamda chang ko‘tarilishi mumkin.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring