Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Nokia tarixida ko‘pchilik bilmaydigan yoki unutgan ko‘plab faktlar mavjud. Fin brendining taraqqiyoti bilan bog‘liq 20 ta afsonaviy faktni eslash vaqti keldi, deb yozmoqda "terabayt.uz" nashri.

1.Kompaniyaga XIX asrda asos solingan.

Kompaniya tarixi 1865 yil tog‘ muhandisi Frederik Idestam kichik qog‘oz fabrikasiga asos solgan paytdan boshlangan deb hisoblanadi. 1871 yilda kompaniya “Nokia Ab” nomi bilan qayta nomlangan.

2. Nokia o‘z vaqtida shippaklar ishlab chiqargan.

1967 yilda uchta kompaniya birlashdi: Finnish Rubber Works, Finnish Cable Works zavodlari va Nokia Ab. Birlashtirilgan kompaniya beshta asosiy yo‘nalishga ega bo‘ldi: rezina buyumlar, kabellar, elektronika, yog‘ochni qayta ishlash va elektr energiyasini ishlab chiqarish.

3. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilgan.

Реклама на Unews

80-yillarda Nokia Data bo‘limi kompyuter bo‘limi MicroMikko shaxsiy kompyuterlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu biznes-shaxsiy kompyuterlar bozorida birinchi qadam edi. Birinchi model MicroMikko 1'ning chiqishi 1981 yil 29 sentyabrda IBM PC davriga to‘g‘ri keldi.

4. Kompaniyaning birinchi telefonlari Mobira markasi ostida chiqarilgan.

1987 yilda kompaniya Mobira Cityman 900 telefonini taqdim etdi, uni o’zingiz bilan qo’lda ko’tarib yurish mumkin edi (og‘irligi 760 gramm). Aynan shu telefonda Mixail Gorbachev Finlyandiyada turib Moskvadagi Aloqa vaziri bilan bog‘langan. Ushbu rasmdan keyin ko’pchilik telefonni “Gobra“ deb nomlagan.

5. Muloqot taymeri hammada bir xil emas.

Ko’pgina Nokia telefonlarida muloqot taymeri suhbat boshlanganida emas, balki qo’ng‘iroq vaqtida yoqilgan. Biroq, S60 platformasidagi telefonlarning trubkani ko’targandan keyin yoqiladigan taymeri standard hisoblangan.

6. Nokian shinalari.

Реклама на Unews

1988 yilda Nokia Renkaat kompaniyadan ajralib chiqdi, u 1967 yildan beri kompaniyaning “rezina” bo‘limi bo‘lgandi. O’shandan beri Nokian Renkaat'ning Nokia'ga hech qanday aloqasi yo’q.

7. Nokia MGTS bilan hamkorlik qilgan.

1989 yilda Nokia MGTS bilan hamkorlikda qo‘shma korxona “AMT” tashkil etgan, u Moskvada uyali aloqa, peyjing va PBX xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik Nokia ulushi MGTS'ga sotib yuborilgan.

8. Xelsinki shahridan GSM telefonlarida birinchi pullik qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan.

1991 yilda GSM standartli uyali telefonda birinchi pullik qo’ng‘iroq amalga oshirildi. Aytish kerakki, tarmoqning o’zi Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalardan qurilgan. Bu qo’ng‘iroqni Finlyandiya Bosh vaziri Xarri Xolkeri amalga oshirgan.

9. Dunyoga mashhur shior darhol paydo bo’lmagan.

1992 yilda “Connecting people” (“Odamlarni birlashtirish”) degan mashhur ibora kompaniyaning reklama shiori sifatida paydo bo’lgan.

10. Nokia telefonlarining shu qadar mashhur bo’lib ketganidan kompaniya ularni yetkazib berishga ulgurmagan.

Fin brendining dunyoda o’ta ommalashib ketishi 1990 yillarning o’rtalarida katta logistika inqiroziga olib keldi. Kompaniya qurilmalarni yetkazib berishga ulgurmagan, yetkazib berish muddati esa cho’zilib ketgan - bularning barchasi kompaniyaning obro’siga putur yetkazdi. Logistika infratuzilmasini o’z vaqtida almashtirish kompaniyani inqirozdan saqlab qolgan.

11. Nokia ringtonini mashhur musiqachilar bastalashgan.

Standard ringtonlar orasida “The Village”, “Stones” va “Close my eyes” larni topishingiz mumkin. Bu qo’shiqlar aynan Nokia sharofati bilan mashhurlikka erishgan Plain Jane Automobile Indian-rock guruhining qo’shiqlari edi.

12. Mashhur ringtonga melodiya 1902 yilda yozilgan.

Butun dunyoda taniqli bo’lgan rington 1902 yilda ispan musiqachisi Fransisko Tarrega tomonidan yozilgan Gran Vals gitara asarining eski musiqasiga asoslangan.

U 1994 yilda Nokia 2100 seriyali telefonlarida paydo bo’lgan, ammo u “Nokia tune” nomini, faqatgina 1998 yilga kelib Fin brendining telefonlari bilan birlashgandan keyin olgan.

13. SMS ovozi shunchaki tanlanmagan.

Foydalanuvchilarga shunchaki oddiy signal bo’lib tuyuladigan Nokia qurilmalarining standard ovozi (SMS xabar ovozi), aslida to’liq ma'noga ega xabardir. Bu signal faqat Morze alifbosi yordamida uzatilgan. Shunday qilib, SMS ovozi shifr yordamida yozilgan Short Message Service qisqartmasi hisoblanadi.

14. Ascending — bu shifr.

“Ascending” melodiyasi ham shifrlangan xabar hisoblanadi. Bu xabar kompaniya shiori “Connecting people”ning aynan o’zidir.

15. Nokia uzoq vaqt davomida eng yirik telefon ishlab chiqaruvchi bo’lgan.

1998 yilga kelib, telekommunikatsiya sohasiga GSM'dagi dastlabki investitsiyalarni jalb qilgan holda, Nokia dunyodagi eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Ushbu yetakchilik 2007 yilgacha davom etdi.

Nokia'ning 2007 yilgi noyabr sonida Nokia mobil telefonlar qiroli deb nomlangan.

16. Apple Nokia texnologiyalaridan nusxa olgan.

2009 yilda Nokia Apple kompaniyasi ustidan 10 ta patentni buzganligi bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi, ularning yutuqlari birinchi avlod iPhone'da ishlatilgan. Natijada, Apple Nokia'ga kompensatsiya to‘ladi va yaqinda imzolangan patent bitimiga ko‘ra, u hali ham katta foiz to‘lashni davom ettirmoqda.

17. Nokia 3310 — afsona.

Nokia 3310 kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli modellardan biri sanaladi. Oxirgi 17 yil ichida u 126 mln nus’hadan ko‘p sotilgan.

18. Nokia qurilmalari anchadan beri o‘z vatanida tayyorlanmayapti.

Uyali aloqa sektorining barcha ishlab chiqarish quvvatlari Osiyo mamlakatlarida joylashgan. Oxirgi marta mobil telefon 2012 yilda Finlyandiya konveyyeridan chiqarildi. Endi barcha AA-brendlari o‘z mahsulotlarini osiyolik ishchilar yordamida ishlab chiqarmoqda.

19. Microsoft Nokia'ni arzimagan pulga sotib olgan.

2013 yil 3 sentabr kuni Microsoft Nokia'ning uyali telefon bo‘limini barcha patentlari bilan sotib olganligini e’lon qildi. Bu darajadagi korporatsiya uchun sotib olish narxi juda past edi - Nokia biznesi 5 milliard dollarga baholangan, yana 2,18 milliard dollarlik patentlar uchun.

20. Kompaniya bir necha bor planshetlar chiqargan.

So‘nggi urinish 2014 yilda, uyali telefon bo‘limi sotilganiga qaramay, amalga oshirildi. O‘shanda kompaniya Nokia N1 planshetini taqdim etgan edi.

Endi Nokia haqida nima deyish mumkin?

Kompaniya Microsoft qo‘l ostiga o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchilar katta qismining e'tiboridan qolib ketdi. Ammo, bu vaqtinchalik bo‘lib chiqdi.

HMD Global va FIH Mobile kompaniyalari Nokia'ning brendlar va intellektual mulk huquqlarini bosqichma-bosqich, tugmachali telefonlardan boshlab, barcha patentlar va eski dizaynlariga qadar sotib oldi.

HMD Global korporatsiyasi eski Nokia'ning quvvati bilan qayta tug‘ildi, FIH Mobile esa Foxconn kompaniyasining tarmog‘i bo‘lib, ularning asosida hozirgi qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. SHunday qilib, fin brendi endi to‘gri qo‘llarga o‘tdi deb aytishimiz mumkin.

Bunday qisqa vaqt ichida hech bir kompaniya shuncha xilma-xil portfolio bilan start olmagan. Khozir fin korporatsiyasining mahsulotlarini rasmiy ravishda 80 dan ortiq mamlakatlarda sotib olish mumkin.

Nokia 8

2017 yilda korporatsiya tomonidan 10 turdagi telefon va smartfon chiqarildi. Qisqacha aytganda, Nokia brendi ulkan qadamlar bilan tobora kuchayib bormoqda.

Yana bir Yevropa mamlakati koronavirus ustidan g‘alaba qozondi

Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli farzandini aldab, uni boshqaga sotayotgan ayol ushlandi

Yana bor viloyat aholisi orasida koronavirus aniqlandi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring