Afg‘oniston va Tolibon muzokaralarning Dohada o‘tkazilishiga rozi bo‘ldi

Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasidagi tinchlik o‘rnatish bo‘yicha dastlabki muzokaralar Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilishiga kelishib olindi. Ushbu muzokaralar uzoq yillar davomida urushib kelayotgan mazkur ikki taraf o‘rtasidagi birinchi juda muhim ushrashuv bo‘ladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu uchrashuvning o‘tkazilish vaqti hali ma’lum qilinmadi.Ammo,muzokaralar afg‘on hukumati keyingi hafta oxirida Tolibonning hibsda ushlab turilgan besh mingta a’zosini qo‘yib yuborish operasiyasini oxiriga yetkazganidan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

“Afg‘oniston hukumati qatnashadigan birinchi muzokaralar Dohada bo‘ladi”, deya xabar bergan Tolibonning matbuot kotibi Suhayl Shahin 14 iyun yakshanba kuni. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tolibon mahbuslar qo‘yib yuborilishi yakuniga yetkazilgan haftaning o‘zidayoq Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor.

Реклама на Unews

AQSh va Tolibon o‘rtasida shu yilning fevral oyida bitim tuzilgandi.Unga ko‘ra,19 yildan beri davom etib kelayotgan urushni to‘xtatish uchun AQSh o‘z armiyasini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi, Tolibon esa bunga javoban afg‘on hukumati bilan muzokaralar olib borishi kerak.Ushbu bitimning bir qismi sifatida Afg‘oniston hukumati hozirgacha Tolibonning 3 mingdan ziyod a’zosini ozod qilgan.

Ma’lumot uchun, Qatar poytaxti Doha shahrida 2013 yildan beri Tolibonning siyosiy offisi mavjud bo‘lib, AQSH-Tolibon kelishuvi ham aynan shu yerda imzolangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring