"Abu Saxiy" savdo markazi yopildi, bir necha xodimlarda koronavirus aniqlandi

6 iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.  Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring