Abu-Dabida portlash: uch kishi halok bo‘ldi

Abu-Dabida uchta neft sisternasining portlashi oqibatida olti kishi jarohatlandi, uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar polisiyasi ma’lum qildi.

Voqea Mussafa sanoat portida, ADNOC neft kompaniyasi omborlari yaqinida yuz bergan. Portlash kichik yong‘inga sabab bo‘l, hozirda yong‘in bartaraf etilgan.

Fojia oqibatida bir nafar Pokiston fuqarosi va ikki nafar Hindiston fuqarosi halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar olgan”, — deyiladi departament xabarida.

Реклама на Unews

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga ikki hududga qulagan kichik samolyotlar, ehtimol dronlar sabab bo‘lgan, deya xabar beradi polisiya. Reuters xabariga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni Eronga aloqador Yaman hutiy guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring