A seriya: Shomurodov qutqaruvchi rolida va boshqa natijalar

Italiya chempionatining 37-turida «Roma» jamoasi «Venetsiya»ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Yutqazayotgan rimliklarga zaxiradan tushgan Eldor Shomurodovning goli yordamga keldi va mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shuningdek, chempionlik uchun kurashayotgan «Milan» va «Inter» jamoalari ham g‘alaba qozonib, intrigani so‘nggi turgacha saqlab qolishdi. Endi hammasi «Milan»ning o‘zida qoldi va chempion bo‘lish uchun g‘alaba qozonsa bas.

«Yuventus» esa Kellini va Dibala uchun oxirgisi bo‘lgan o‘yinda durang qayd etdi, ammo YeChL yo‘llanmasini allaqachon hal qilib bo‘lishgan. Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun esa kurash davom etadi, hatto «Roma» bundan quruq qolishi ham mumkin.

Реклама на Unews

A seriyani hozircha «Venetsiya» tark etdi. Oxirgi turda «Salernitana», «Kalyari» va «Jenoa»ning taqdiri hal bo‘ladi.

A seriya, 37-tur natijalari

Empoli - Salernitana - 1:1
Gollar: Kutrone, 31 (1:0). Bonatssoli, 76 (1:1).
Urilmagan penalti (Salernitana): Perotti, 84 (darvozabon).
14 may. Empoli. «Karlo Kastellani» stadioni.
Bosh hakam: Davide Massa (Imperiya).

Реклама на Unews

Udineze - Spetsiya - 2:3
Gollar: Molina, 26 (1:0). Verde, 35 (1:1). Gyasi, 45+3 (1:2). Majore, 47 (1:3). Nestorovski, 90+4 (2:3).
Urilmagan penalti (Spetsiya): Manay, 90+1 (noaniq).
14 may. Udine. «Dachiya Arena» stadioni.
Bosh hakam: Janluka Aurelyano (Bolonya).

Verona - Torino - 0:1
Gol: Brekalo, 19 (0:1).
14 may. Verona. «Mark Antonio Bentegodi» stadioni.
Bosh hakam: Jakomo Kamplone (Peskara).

Roma - Venetsiya - 1:1
Gollar: Okereke, 1 (0:1). Shomurodov, 76 (1:1).
14 may. Rim. «Olimpiko» stadioni.
Bosh hakam: Simone Sotssa (Sereno).

Bolonya - Sassuolo - 1:3
Gollar: Skamakka, 35 (0:1). Berardi, 75 (0:2). Skamakka, 80 (0:3). Orsolini, 90+1 - penaltidan (1:3).
15 may. Bolonya. «Renato DalAra» stadioni.
Bosh hakam: Davide Gerzini (Genuya).

Napoli - Jenoa - 3:0
Gollar: Osimxen, 32 (1:0). Insine, 65 - penaltidan (2:0). Lobotka, 81 (3:0).
15 may. Neapol. «Diyego Armando Maradona» stadioni.
Bosh hakam: Mikael Fabbri (Ravenna).

Milan - Atalanta - 2:0
Gollar: Leau, 56 (1:0). Ernandes, 75 (2:0).
15 may. Milan. «Juzeppe Meatssa» stadioni.
Bosh hakam: Daniele Orsato (Chio).

Kalyari - Inter - 1:3
Gollar: Darmian, 25 (0:1). Martines, 51 (0:2). Likoyannis, 54 (1:2). Martines, 84 (1:3).
15 may. Kalyari. «Unipol Domus» stadioni.
Bosh hakam: Daniele Doveri (Rim).

Sampdoriya - Fiorentina - 4:1
Gollar: Ferrari, 16 (1:0). Kvalyarella, 30 (2:0). Torsbyu, 71 (3:0). Sabiri, 83 (4:0). Gonsales, 89 - penaltidan (4:1).
16 may. Genuya. «Luiji Ferraris» stadioni.
Bosh hakam: Mauritsio Mariani (Rim).

Yuventus - Latsio - 2:2
Gollar: Vlaxovich, 10 (1:0). Morata, 36 (2:0). Aleks Sandro, 51 - o‘z darvozasiga (2:1). Milinkovich-Savich, 90+6 (2:2).
16 may. Turin. «Alyans Stedium» stadioni.
Bosh hakam: Jovanni Ayroldi (Molfetta).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Milan 37 25 8 4 66-31 83
2  Inter 37 24 9 4 81-32 81
3  Napoli 37 23 7 7 71-31 76
4  Yuventus 37 20 10 7 57-35 70
5  Latsio 37 18 9 10 74-55 63
6  Roma 37 17 9 11 56-43 60
7  Fiorentina 37 18 5 14 57-51 59
8  Atalanta 37 16 11 10 65-47 59
9  Verona 37 14 10 13 62-56 52
10  Torino 37 13 11 13 46-38 50
11  Sassuolo 37 13 11 13 64-63 50
12  Udineze 37 10 14 13 57-58 44
13  Bolonya 37 11 10 16 43-55 43
14  Empoli 37 9 11 17 49-70 38
15  Sampdoriya 37 10 6 21 46-60 36
16  Spetsiya 37 10 6 21 41-68 36
17  Salernitana 37 7 10 20 33-74 31
18  Kalyari 37 6 11 20 34-68 29
19  Jenoa 37 4 16 17 27-59 28
20  Venetsiya 37 6 8 23 34-69 26

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

27 ta
Chiro Immobile (Latsio, 6)

24 ta
Dushan Vlaxovich (Yuventus, 5)

21 ta
Lautaro Martines (Inter, 3)

16 ta
Jovanni Simeone (Verona)
Janluka Skamakka (Sassuolo,1)

15 ta
Temmi Abraxam (Roma, 2)
Domeniko Berardi (Sassuolo, 6)

Avtogollar

Toma Genri (Venetsiya) - 2
Adrian Ismayli (Empoli) - 2
Dimitrios Nikolau (Spetsiya)
Rikkardo Markitssa (Empoli)
Lukash Skorupski (Bolonya)
Zino Vanxeusden (Jenoa)
Simon Ker (Milan)
Andrea Karboni (Kalyari)
Juan Jezus (Napoli)
Teun Koopmeyners (Atalanta)
Kris Smolling (Roma)
Maya Yosida (Sampdoriya)
Kristiano Biragi (Fiorentina)
Berat Djimshiti (Atalanta)
Franchesko Di Takko (Salernitana)
Patrik (Latsio)
Stefan de Vrey (Inter)
Mattia Viti (Empoli)
Emmanuel Gyasi (Spetsiya)
Koray Gyunter (Verona)
Yens Stryuger-Larsen (Udineze)
Kevin Bonifatsi (Bolonya)
Stefan Strandberg (Salernitana)
Zlatan Ibrahimovich (Milan)
Davide Frattezi (Sassuolo)
Ivan Ilich (Verona)
Lorenso Tonelli (Empoli)
Kristoffer Askildsen (Sampdoriya)
Salvatore Sirigu (Jenoa)
Lorenso Venuti (Fiorentina)
Ivan Provedel (Spetsiya)
Simone Romanoli (Empoli)
Aleks Sandro (Yuventus)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Gulelmo VIKARIO (Empoli) — Fikayo TOMORI (Milan), Antonio KANDREVA (Sampdoriya), Teo ERNANDES (Milan), Jovanni DI LORENSO (Napoli), Salva FERRER (Spetsiya) — Ivan PERIShICh (Inter), Mattia ARAMU (Venetsiya), Yosip BREKALO (Torino) — Lautaro MARTINES (Inter), Janluka SKAMAKKA (Sassuolo).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

37-turning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Inter» hujumchisi Lautaro Martines topildi. Argentinalik futbolchi mavsum oxirida ajoyib formasini tikladi. U «Kalyari»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim qildi va chempionlik poygasidagi intrigani oxirgi turgacha saqlab qoldi.

38-tur o‘yinlari

20 may

Torino - Roma

21 may

Jenoa - Bolonya
Atalanta - Empoli
Latsio - Verona
Fiorentina - Yuventus

22 may

Spetsiya - Napoli
Inter - Sampdoriya
Sassuolo - Milan
Venetsiya - Kalyari
Salernitana - Udineze

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring