8-sinf “Adabiyot” darsligi xususida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabarga XTV munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali videosi tarqalgan 8-sinf “Adabiyot” fani darsligi maketi 2010 yilda  G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan yaratilgan. Mazkur darslik so`nggi marotaba ushbu nashriyot tomonidan 2019 yilda chop etilgan 4-nashr hisoblanadi, deya yozmoqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, yuzaga kelgan vaziyat (Asqad Muxtor to`g`risida ma`lumotning bir necha marotaba berilishi)ni o`rganish maqsadida vazirlik tomonidan 14 sentyabr kuni Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari maktablarida, aynan 8-sinf “Adabiyot” fani darsligi ko`zdan kechirilgan.

O`rganish jarayonida keng muhokamaga sabab bo`lgan holat ko`zdan kechirilgan darsliklarda mavjud emasligi aniqlangan.

Shu o`rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha muallifi farzandiga darslik qaysi maktabda berilganini aniqlash imkoniyati bo`lmadi (videoda hech qanday ma`lumot berilmagan).

 

Video muallifidan mazkur darslik haqiqatdan ham maktab kutubxonasidan berilgan bo`lsa uni vazirlikka @bookedu_bot telegram boti orqali murojaat qilgan holda maktab kutubxonasiga qaytarib, o`rniga sifatli darslikni olishini so`raymiz. Shu bilan birga, videoni tarqatgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan holat yuzasidan ma`lumotni vazirlikka taqdim etishlarini va uni ijobiy hal qilinishida yordam berishlarini so`rab qolamiz.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring