7 oyda 2 milliondan oshiq iste`molchining huquq va manfaati buzilgan. Etkazilgan zarar miqdori – 40 mlrd so`m

2022 yilning o`tgan davrida 2 milliondan oshiq iste`molchining huquq va manfaati buzilgan. Etkazilgan zarar miqdori – 40 mlrd so`m. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog`aeva ma`lum qildi.

 

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga shu vaqtga qadar iste`molchilardan 12 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.  

 

Ularning 40 foizi uy-joy kommunal, qurilish va transport xizmatlariga to`g`ri kelsa, 38 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 16 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to`g`ri keladi.

Реклама на Unews

 

Hozirga qadar Agentlik sa`y-harakati bilan iste`molchilar foydasiga 24,5 mlrd dan ortiq mablag` qayta hisob-kitob qilib berilgan. Qolgan mablag`larni iste`molchilarga qayta hisob-kitob qilish choralari ko`rilmoqda.

Hurmatli iste`molchilar, iste`molchilik huquqlaringiz va manfaatlaringiz buzilgan holatda Agentlikka 1159 qisqa raqami hamda sonsumer.uz veb-sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring