BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

5000 odamga yetadigan Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi. Vazir rejadagi ishlar haqida ma’lumot berdi

«Bugun koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi faza sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha xitoylik hamkorlarimiz O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Bu avvalo, barcha jarayonlarni rejalashtirishdir. Hamkorlar bilan vaksina sinovlari o‘tkaziladigan oilaviy poliklinikalar bilan tanishish va sinov tuzilmasini ishlab chiqish masalasida gaplashib oldik.

4 kishi kecha kelgan bo‘lsa, yana 5 nafar xitoylik mutaxassislar kelishini kutyapmiz. Ular 4 oy davomida sinovlarni o‘tkazish jarayonida biz bilan birga ish olib borishadi. Vaksinalar sinovini qanday o‘tkazish kerakligi, tartib qanaqa bo‘lishi va ularning kuzatuvi qay tarzda olib borilishi bo‘yicha birinchi galda shifokorlarimiz bilan treninglar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ikkinchidan, umumiy jarayonni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yamiz.

Xitoy kompaniyasi tomonidan jo‘natilgan vakillar sinovlar asosan qaysi poliklinikalarda o‘tkazilishi bo‘yicha savollar berishdi.

Ikkita markazimiz bor: Ilg‘or texnologiyalar markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya instituti. Ularning rahbariyati ham uchrashuvda ishtirok etishdi. Savollarga javob berdik.

Xitoyliklar birinchi galda sinov o‘tkaziladigan oilaviy poliklinikalar va ulardagi shart-sharoitlar bilan qiziqishdi.

Ikkinchisi, hamkorlarimiz har bir oilaviy poliklinikadan o‘ntadan shifokor va hamshiralar tanlab olib ular bilan suhbat o‘tkazishmoqchi.

Keyingi haftadan shifokorlarimizga treninglar o‘tkaziladi», dedi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Ma’lum qilinishicha, dushanba kunidan boshlab hamkorlar bilan birga ikkita markaz rahbariyati o‘sha oilaviy poliklinikalarga borishadi.

Bu jarayonda shifokorlar uchun tanlov o‘kaziladi, ular bilan suhbatlashiladi. Keyin o‘quv-treninglar tashkil etiladi.

«So‘ngra xalqimiz uchun ijtimoiy roliklar tayyorlaymiz. Tanlangan poliklinikalarning manzili, ular bilan bog‘lanish uchun kontaktlarni beramiz. Murojaat qilgan ko‘ngillilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga tushuntirish ishlari olib boriladi.

Rejada 5000 odam kutyapmiz. Shuncha insonga yetadigan vaksina hozir Xitoydan Toshkentga olib kelingan. Vaksinalar maxsus sharoitlarda saqlanyapti. Ko‘ngillilar jamoasini shakllantirib olganimizdan keyin har bir oilaviy poliklinikada imkoniyatdan kelib chiqib ma’lum sondagi ko‘ngillilar bo‘yicha sinov ishlari amalga oshiriladi.

Yana bir savol tug‘ilyapti – sinovlar viloyatlarda ham o‘tkazilishi haqida. Yo‘q. Bu hozir tadqiqot bo‘lgani uchun faqat Toshkent shahrida o‘tkazamiz. Buning o‘ziga yarasha qulayliklari bo‘lishi kerak. Monitoring jarayonini samarali tashkil qila olishimiz juda muhim hisoblanadi.

Xitoylik hamkorlarimiz bilan suhbatda Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya instituti mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Bu jarayonni o‘tkazadigan asosiy insonlar shifokorlarimiz bo‘ladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi bu jarayonni muvofiqlashtiruvchi, amaliy jihatdan ishni tashkil qilishda yordamchi va monitoring to‘g‘ri olib borilayotganini kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi», dedi vazir.

Avvalroq, Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaksina sinovining uchinchi bosqichi O‘zbekistonda ham o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Himolayda g'ayritabbiy hodisa ro'y bermoqda! Bu falokatga sabab bo'lishi mumkin! Olimlar Himolay tog‘lari havosidagi zarralarni tahlil qilib, ularda muzliklar erishini tezlashtiruvchi “jigarrang uglerod” katta miqdorda borligini aniqlashdi. Atmosferadagi uglerod chiqindilari “qora” va “jigarrang” uglerodga bo‘linadi. “Qora” uglerod moddaning yuqori haroratlarda to‘liq yonmaganida hosil bo‘ladi va qurumning asosiy komponenti hisoblanadi. “Jigarrang” ulgerod esa kislorod bilan aralashgan uglerod bo‘lib, u azot, oltingugurt va kaliy kabi elementlar izlariga ega. Bunday uglerod biomassa yoki o‘simliklarning yonishida hosil bo‘ladi va ko‘ndalangiga 200 nanometr o‘lchamdagi mitti qatron sharchalar shakllanishiga olib keladi.   Olimlar jamoasi Himolay tadqiqot stansiyasidagi havodan namuna olib, undagi ming zarradan 28 foizi qatron sharchalar ekanini aniqlashgan. Olimlar arxivlarni ko‘zdan kechirib, sharchalar ulushi havo ifloslanishi yuqori bo‘lgan kunlarda, jumladan dalalarda bug‘doy poyalari yoqilganda oshganini aniqlashgan. “Jigarrang” uglerod yorug‘lik va issiqlikni yutadi. U sababli qor va muz quyosh nurlarini qiyin qaytaradi va muzliklar eriy boshlaydi.  Ta’kidlanishicha, sayyoramizdagi eng baland cho‘qqilarga ega bo‘lgan Himolay tog‘larida Arktika va Antarktika tashqarisidagi muzlik qorining eng katta zaxirasi mavjud.. Ammo tog‘larning balandligi va olisdaligi ham ularni sanoat chiqindilaridan himoyalay olmagan.
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring