500 ming dollarlik to‘y: «Dunyo go‘zali» Priyanka Chopraning nikoh oqshomi qanday o‘tgan? (foto)

«Dunyo go‘zali» maqomiga ega bo‘lgan hind aktrisasi Priyanka Chopra va amerikalik xonanda Nik Jonas bundan 2 yil avval 2018 yil 1-2 dekabr kunlari turmush qurgan. Umumiy narxi yarim million dollar sarflagan to‘y qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

2018 yilda sevgilisining qo‘lini so‘ragan aktyor bundan bir yil avval 200 ming dollarlik uzuk xarid qilish uchun Tiffany & Co do‘konini bir kunga yoptirgan. «Meni dunyodagi eng baxtli erkak qilasanmi? Menga turmushga chiqasanmi?», − degan Nik va uning qo‘liga uzuk taqqan. 18 avgust kuni unashturuv keyin esa Amsterdamda qiz bazmi va «malchishnik» bo‘lib o‘tgan.

Foto: «Yandeks Dzen»

Foto: «Yandeks Dzen»
Umayd Bxavan saroyida turmush qurgan juftlik uni ijaraga olish uchun 460 ming dollar sarflangan. Unda 64 hashamatli xonani bir kunga ijaraga olish uchun 47-50 ming rupiy to‘langan. Saroy hududiga mehmonlar vertolyotda tashrif buyurgan.

Foto: «Yandeks Dzen»

Foto: «Yandeks Dzen»
Saroyni besh kun ijaraga olish Nik va Priyankaga 35 million rupiyga tushgan. Theme Weavers Designs agentligining xabar berishicha, fotosurat va videoga olish jarayoni uchun juftlik 42 ming dollar to‘lagan.

Foto: «Yandeks Dzen»

Foto: «Yandeks Dzen»
Kelin-kuyovni dunyodagi eng mashhur fotograflar Jozef Radxik va Xose Vilya suratga olgan. Kaleb Jordan Li esa videooperator bo‘lgan.

Foto: «Yandeks Dzen»

Foto: «Yandeks Dzen»
Ammo juftlik People jurnaliga to‘ydagi suratini chop etish uchun 2,5 million to‘lagan. To‘yda bir odamning ovqatlanishi 250 dollarga baholangan. Marosimn dekoratsiyasi 282 ming dollarni tashkil qilgan. Kelin libosi qaysi brendga mansub ekani noma’lum, ammo Nikning smokinggi Ralph Lauren Purple Label brendidan 6 ming dollar turishi ma’lum.

Foto: «Yandeks Dzen»
Priyanka va Nikning xristian to‘y marosimi
Marosim mexendi va sangit marosimi bilan 30 noyabrning juma kuni boshlangan, keyingi kun esa juftlik xristian urf-odatlariga ko‘ra turmush qurgan. 16:30 da boshlangan marosim 5 metrlik tortni kesish bilan yakunlangan. Filmfare ma’lum qilishicha, Jonas shaxsiy oshpazlarini tort tayyorlash uchun Kuvayt va Dubaydan yollagan. Priyanka va Nikdan tashqari kelin yanga va kuyovjo‘ra Ralf Loren usulida kiyingan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Priyankaning Chopard brendidan platinadan ishlangan brilliantlar bilan bezatilgan uzugi 3.90 karatni tashkil qilgan. Nikning brasleti esa sariq oltindan ishlangan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Kelinning libosi biser, munchoq va Swarovski toshlari bilan bezatilgan va uni tikilishi uchun 1826 soat sarflangan. Uzunligi 23 metr bo‘lgan fatani 6 kishi ko‘tarib yurishiga to‘g‘ri kelgan. Ko‘ylakda 135 ga yaqin atlas tugmalar qadalgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Kelin libosida kuyovning onasi Deniz Jonas 1985 yilda kiygan kelinlik libosi matosining parchasi bo‘lgan. Nik smokingining ichki qismida ham Priyanka libosi matosidan «Mening hayotim» deb yozuv tushirilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Hindcha to‘y
Ushbu marosimda kuyov haqiqiy shahzodalardek oq-otda kelgan. Ikki soatlik to‘y marosimidan keyin tushlik keyin esa ertasi kuni ertalabgacha sayr bo‘lib o‘tgan. Bu marosimda kelin Sabyasachi tomonidan tikilgan, organza bilan bezalgan gulli libos kiygan. Buning uchun 11 kishi 3720 soat vaqt sarflagan. Lexenga ko‘plab brilliant, yaponcha durlar bilan bezatilgan.

Nik esa brilliant bilan bezatilgan tyurban kiygan.

4 dekabr kuni juftlik Jodxpuradan Deliga uchib kelgan va Taj Palace’da to‘y ziyofati tashkil qilgan. Unda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham mehmon bo‘lgan va juftlikka gul sovg‘a qilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Kelin Falguni Shane Peacock brendidan biserli lexengli libos kiygan va Khanna Jewellers’dan taqinchoq taqqan. Kuyov esa baxmalli smoking kiygan. 19 dekabrda Nik va Priyanka Mumbayda oila va do‘stlari uchun ziyofat tashkil qilgan. 20 dekabrda esa hind kinosanoatidagilar uchun ziyofat bo‘lgan. Taj Lands End’da tashkil qilingan ziyofatda Bollivud yulduzlaridan Salmon Xon, Shahid Kapur, Dipika Padukon, Rangvir Singx, Anushka Sharma va boshqalar ishtirok etgan.
 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring