“500 million dollar xizmatlar sohasiga ajratyapmiz. Qaysi davlat shunday og`ir pandemiya sharoitida shuncha mablag` beryapti?” - Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida hududlardagi xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish bo`yicha joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi. 

“Darakchi” gazetasi muxbirining yig`ilishda keltirilgan ma`lumotlarga tayanib ma`lum qilishicha, pandemiyaning salbiy ta`siri ko`proq xizmatlar va servisga to`g`ri kelgani bois, ushbu sohadagi tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash uchun 24 ta turdagi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferensiyalar taqdim etish orqali, 35 trillion so`mlik ko`mak berilgan.

Masalan, o`tgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion so`m imtiyozli kredit resurslari ajratildi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, tijorat banklari o`z mablag`lari hisobidan sohaga qo`shimcha yana 14 trillion so`m kreditlar ajratgani ham, aholining xizmatlar bozoriga qiziqishi yuqoriligi, hali bu sohada imkoniyatlar ko`pligidan dalolat beradi. 

Keng imtiyozlar berilgani natijasida, servis sohalarida o`zini o`zi band qilgan 500 ming nafar fuqarolarimiz, rasmiy ro`yxatdan o`tdi.

ENG YaXShI NATIJA KO`RSATGAN HUDUDLAR

Реклама на Unews

Qaysi hudud, shahar va tumanlar ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan bo`lsa, o`z natijasini berdi”, - dedi Prezident.

Aholi jon boshiga umumiy xizmatlar hajmi:

Jumladan, Qo`qon va Shirin shaharlari, Karmana tumanida 6,5 million so`mni tashkil etib, respublika ko`rsatkichidan yuqori bo`lgan (6,4 million so`m). 

Transport xizmatlari:

Aholi jon boshiga Qo`ng`irot va Qorovulbozorda – 4 million so`mdan, Chirchiq va Urganch shaharlarida – 3 million so`mdan to`g`ri kelib, eng yaxshi ko`rsatkich sifatida qayd etilgan (respublika bo`yicha o`rtacha 1,6 million so`m).

Chakana savdo xizmatlari:

Buloqboshi, Qibray, O`rtachirchiq, Yangiyo`l, Olot, G`ijduvon, Kogon, Mirishkor, Nishon, Konimex, Uchquduq, Karmana tumanlarida nisbatan yaxshi rivojlanmoqda.

Ovqatlanish xizmatlari:

Aholi jon boshiga Qorovulbozor (745 ming so`m), Qo`ng`irot (455 ming so`m) va Karmana (270 ming so`m) tumanlarida yuqori ko`rsatkichlarni qayd etgan.

ENG PAST NATIJA KO`RSATGAN HUDUDLAR

Aholi jon boshiga umumiy xizmatlar hajmi:

26 ta, xususan Beruniy, Shumanay, Chiroqchi, Qamashi, Guliston, Xovos, Oltinsoy, Qumqo`rg`on, O`zbekiston, Yozyovon tumanlarida bu ko`rsatkich eng past (2 million so`mdan kam). 

Transport xizmatlari:

Taxiatosh, Ellikqal`a, Arnasoy, Zafarobod, Forish tumanlarida transport xizmatlari aholi jon boshiga atigi 300 ming so`mni tashkil qilgan.

Chakana savdo xizmatlari:

Qonliko`l, Taxiatosh, Oqoltin, Xovos, Ohangaron, Pskent tumanlarida ushbu xizmatlar respublika o`rtacha ko`rsatkichidan 3 barobar past.

Ovqatlanish xizmatlari:

Baxmal va Xovosda – 11 ming so`m, Izboskan, Paxtaobod, Yangiariq, Qo`shko`pir, Bo`ston tumanlari va Nurafshon shahrida – 15 ming so`mdan, Baliqchi va Yangiqo`rg`onda – 17 ming so`mni tashkil etadi.

Shuningdek, Bekobod, Boyovut, Hazorasp, Sergeli, Oqqo`rg`on tumanlarida davlat ta`lim muassasalarida, Parkent, Sirdaryo va Tuproqqal`a tumanlarida tibbiyot muassasalarida tijorat xizmatlarini ko`rsatish darajasi o`ta past ko`rsatgichlar qayd etmoqda.

Bu yil 500 million dollar xizmatlar sohasiga ajratyapmiz. Qaysi davlat shunday og`ir pandemiya sharoitida shuncha mablag` beryapti?” – dedi davlat rahbari.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring