368 ming bemor — dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi

Dunyoda COVID-19 koronavirusiga chalinish holatlari soni bo‘yicha yangi antirekord o‘rnatildi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida berib boruvchi Amerikaning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari bundan darak bermoqda,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Xususan, maxsus veb-saytda chop etilgan universitet ma’lumotlariga ko‘ra, 15 sentyabr kuni dunyo bo‘ylab 368 ming kishi koronavirus bilan kasallangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 13 sentyabr kuni qayd etilgan avvalgi rekord 307 930 infeksiya edi.

16 sentyabr holatiga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 29 664 114 kishini tashkil etdi, 20 146 388 kishi sog‘ayib ketdi, 937 111 bemor vafot etdi. Ushbu raqamlarni Jons Xopkins universiteti keltirgan (shunga o‘xshash ma’lumotlar JSST va Worldometres veb-sayti tomonidan keltirilgan).

Реклама на Unews

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (6 607 955), Hindiston (5 020 359), Braziliya (4 382 263), Rossiya (1 075 485) va Peru (738 020) oldingi o‘rinda.

Shu bilan birga, yaqinda pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisi o‘tib ketganday tuyulgan Yevropa va boshqa mamlakatlarda kasallik soni kunlik rekord darajada qayd etildi – Ispaniya (+11 193), Fransiya (+9 784), Buyuk Britaniya (+3 997), Isroil ( +4 950), Ukraina (+2 958), Chexiya (+1.290) va boshqalar.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring