"3500dan ortiq xonadon suv ostida" Michigan shtati tarixidagi eng yirik toshqin suratlarda

Avval xabar bergnimizdek, 19 may oqshomida, bir necha kunlik kuchli yog`ingarchilikdan so`ng AQShning Michigan shtatidagi ikkita damba buzilishi oqibatida toshqin ro`y berib, 10 mingdan ziyod aholi evakuasiya qilindi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

CNN telekanali xabariga ko`ra, 10 mingdan ortiq kishi shoshilinch evakuasiya qilingan, 3500dan ortiq xonadon suv ostida qolgan.

Реклама на Unews

Rasmiylar jarohat olganlar yoki qurbonlar haqida hozircha ma`lumot kelib tushmaganini aytmoqda.

Michigan shtati gubernatori Gretxen Uitmerning so`zlariga ko`ra, so`nggi kunlarda hududda kuzatilayotgan kuchli yomg`ir oqibatida Tittabavassi daryosi havzasidagi Edenvill va Senford dambalari dosh bera olmagan.

Реклама на Unews

«Kelgusi 12-15 soat ichida Midlend okrugining quyi hududlarini taxminan 9 fut (2,7 metr – tahr.) balandlikda suv bosishi mumkin. Biz shtat uchun tarixiy ko`lamdagi yirik toshqin ro`y berishini taxmin qilyapmiz», – degan gubernator ofatdan so`ng bir necha soat ichida tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Shtat rahbari Tittabavassi daryosining ham sharqiy, ham g`arbiy qismlarida yashovchi aholini iloji boricha yuqoriroq hududlarga ko`chib o`tishga undagan.

«Iltimos, ikkilanib o`tirmang. Shtatning boshqa hududida yashaydigan qarindoshingiz yoki boshqa yaqinlaringiz bo`lsa, hoziroq o`sha erga yo`l oling. Agar bunday yaqinlaringiz bo`lmasa, okrug bo`ylab tashkil etilayotgan boshpana manzilgohlariga ko`chib o`ting», – degan Gretxen Uitmer.

Evakuasiya ishlariga Milliy gvardiya xizmatchilari jalb etilgan. Vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilganlardan tibbiy niqobni echmaslik so`ralmoqda.

Reuters agentligining xabar berishicha, so`nggi kunlardagi kuchli yog`ingarchilik sababli Michigan shtatidagi Tittabavassi va Rayfl daryolari AQSh Milliy ob-havo xizmati tomonidan «toshqin xavfi yuqori» deya toifalangan bo`lgan.

USA Today nashri ma`lumotiga ko`ra, seshanba kuni avvaliga Edenvill, so`ngra Senford dambalarida ro`y bergan avariyalardan oldin Tittabavassi daryosining yuqori oqimlaridagi boshqa bir nechta dambalar ham ma`lum darajada buzilgan yoki zarar etmagan bo`lsa-da, nazorat qilib bo`lmas suv toshib chiqishi kuzatilgan.

Rayhon hammadan kechirim so‘radi, Munisa Rizayeva tezroq ona bo‘lish niyatida (foto)

Tramp “AQSH tarixidagi eng katta iqtisodiy o‘sish” haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev "uch qavatli ko'prik" ni ochib berdi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring