31-o‘lim! Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi

G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.SH. joriy yil 1 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

Unga “Ikki tomonlama  pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Реклама на Unews

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring