29 iyul kuni O`zbekistonga AQShdan 3 million doza "Moderna" vaksinasi keltiriladi

Vaksinalar Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining «COVAX» dasturi doirasida ajratiladi va 29 iyul kuni maxsus havo qatnovi vositasida AQShning Alabama shtatidan O`zbekistonga etkazib beriladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.  

Mamlakatimiz elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, AQSh beg`araz ko`mak tariqasida «Moderna» kompaniyasining koronavirusga qarshi qo`llaniladigan 3 million doza vaksinasini ajratdi.

AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo`yicha markazi (CDC) ma`lumotnomalarida qayd etilishicha, «Moderna» kompaniyasining vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega bo`lgani holda COVID-19 virusi yuqishining oldini oladi. AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish bo`yicha boshqarmasi (FDA) COVID-19 profilaktikasi uchun Moderna vaksinasini 18 va undan katta yoshdagilarda qo`llanilishiga ruxsat bergan. Mazkur vaksina teri ostiga yuboriladi, emlash bir oylik interval bilan ikki dozadan iborat.

Реклама на Unews

Pfizer va BionTECH farmasevtika kompaniyalari preparatlaridan farqli o`laroq, Moderna taklif etayotgan vaksinani o`rtacha sovuqlikdagi haroratda saqlash mumkin, bu esa O`zbekistonning barcha hududlari bo`ylab tarqatilishini engillashtiradi.

AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo`yicha markazi tadqiqotlaridan ma`lum bo`lishicha, Amerikada 93 foiz kasallik yuqish hollari emlash darajasi 40 foizdan kam bo`lgan okruglarga to`g`ri kelmoqda. Qayd etilishicha, koronavirus yuqishi bois kasalxonaga joylashtirilgan va hayotdan ko`z yumganlarning 99 foizi emlanmagan aholi hissasiga to`g`ri kelmoqda. Oq uy rahbari o`z chiqishida qayd etganidek, “millionlab AQSh fuqarolari hamon emlanmagan, shu bois ular kasallik xavfi ostida turibdi”.

Eslatib o`tamiz: Prezident Shavkat Mirziyoev 23 iyul kuni bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida “Biz katta qiyinchiliklar bilan vaksina olib kelayapmiz” deb ta`kidlagani holda aholini faollik bilan emlanishga da`vat etdi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring