26-maydan Turkiyaga kelgan sayyohlardan PZR-test talab qilinmaydi

Turkiya 26-maydan boshlab mamlakatga kelayotgan sayyohlardan PZR-test talab qilmaydi. Bu haqda turkiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib «Interfaks» xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Avvalroq 1-apreldan boshlab Turkiyaga kirayotgan sayyohlardan test talab qilinmasligi haqida xabar qilingan edi. Xabarda ta’kidlanganidek, test sayohatga chiqish vaqtidan maksimum 72 soat oldin topshirilgan bo‘lishi kerakligi aytib o‘tilgan. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalardan test talab etilmaydi.

Ma’lumot uchun, Turkiya 30-dekabrdan koronavirusning britancha shtammi tarqalishi munosabati bilan mamlakatga keluvchi sayyohlardan test talab qilishni boshlagan edi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring