26-30 dekabr kunlari O`zbekiston Turkmanistondan kirib kelgan nam va iliq havo ta`sirida bo`ladi (video)

"O`zgidromet" markazining xabariga ko`ra, bugun va ertaga O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchsiz yomg`ir yog`adi, shimolda va cho`l hududlarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliq, ba`zi joylarda 15 daraja iliqgacha ko`tariladi.

 

28 dekabrda nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo`ladi.

29-30 dekabr kunlari respublika bo`yicha yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kam. Harorat kechasi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq atrofida bo`ladi, kunduzi harorat 2-7 daraja iliqgacha pasayadi.

Реклама на Unews

 

Rspublika bo`yicha ba`zi joylarda tuman tushadi.

Ushbu haftada tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring