25 yil oldin O‘zbekistonda qotillik sodir etib xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro Qirg‘izistonda ushlandi

25 yil oldin O‘zbekistonda qotillik sodir etgan fuqaro Qirg‘izistonda ushlandi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro D.R. “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” diniy ekstremistik guruhining faol a’zosi bo‘lib, uning g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Ushbu fuqaro Qirg‘izistonga O‘zbekiston orqali kirib kelgan. U soxta pasport bilan o‘sha yerda yashagan. Shuningdek, D.R. 1995 yilda O‘zbekistonda sodir etgan qotilligi uchun xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan.

Erkak hibsga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring