25 avgustdan sog‘liqni saqlash tizimidagi kollej va texnikumlarga onlayn qabul boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining shu yil 11 avgustdagi 2-bayoniga asosan, tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun kollejlar va texnikumlarga 2020 yil 25 avgustdan 25 sentyabrga qadar (25 sentyabr kuni ham) abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 28 ta tibbiyot kollejlari hamda 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga qabul jarayoni ham boshlanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tibbiyot kollejlarida kasblarning murakkabligi va ushbu ta’lim bitiruvchilari inson salomatligiga ma’sulligi va aholining tibbiy madaniyat va salomatlik ko‘rsatkichlarini oshirishi borasida faoliyat yuritishlarini inobatga olib, to‘liq umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar 2 yil muddatga kunduzgi ta’lim shaklida, texnikumlarda esa to‘liq umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar 3 yil muddatga kunduzgi ta’lim shaklida soha bo‘yicha oliy ta’lim dasturlari bilan integrasiyalashgan reja va dasturlar asosida ta’lim olishlari belgilangan.

Реклама на Unews

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga javob berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00-18:00 gacha ishlaydigan murojaatlar markazi (Call-markaz) ham joriy yil 20 avgustdan o‘z faoliyatini boshlashi  ko‘zda tutilgan.

Kollej va texnikumlarga onlayn qabul jarayoni bilan bog‘liq yangiliklar haqida yana qo‘shimcha ma’lumotlarni berib boramiz. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring