24 noyabr statistikasi: O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 605 nafarga yetdi

2020 yil 24 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 039 (+192) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 5 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Qashqadaryo viloyatida
📌 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 47 nafari Toshkent viloyatida,
📌 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 605 nafarga yetdi.

Реклама на Unews

♻️ Kecha kun davomida:
📌 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, 
📌 Jizzax viloyatida 7 nafar, 
📌 Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, 
📌 Farg‘ona viloyatida 9 nafar, 
📌 Surxondaryo viloyatida 6 nafar, 
📌 Toshkent viloyatida 43 nafar, 
📌 Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 69 302 (+184) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2132 nafar bemordan 199 nafari og‘ir, 50 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring