219 nafar iqtidorli talaba nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo`yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2020/2021 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O`zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Shu jumladan, yurtimiz OTMlarining 219 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo`lishdi:

- Navoiy davlat stipendiyasi – 75 nafar;

Реклама на Unews

- Beruniy davlat stipendiyasi – 58 nafar;

- Ulug`bek davlat stipendiyasi – 13 nafar;

- Ibn Sino davlat stipendiyasi – 10 nafar;

Реклама на Unews

- Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi – 3 nafar;

- Islom Karimov davlat stipendiyasi – 60 nafar.

Sovrindorlarga davlat stipendiyasi 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab, joriy o`quv yili davomida tayinlanadi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring