203 nafar talabaga to`lov-shartnoma mablag`ining 50 foizi to`lab berilgan

Bugun, 8 fevral kuni AOKA majlislar zalida Yoshlar ishlari agentligi direktori o`rinbosari Dilnoza Kattaxanova ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda “Darakchi.uz” muxbiri Maftuna Jo`raeva xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, «Yoshlar ta`lim granti» ishtirokchilari uchun metsenat.uz platformasi orqali hozirgacha 1570 nafar talabadan ariza kelib tushgan. Har bir ariza ekspertlar kengashi tomonidan ikki bosqichda atroflicha o`rganib chiqildi.

Hujjatlari belgilangan nizom qoidalariga to`liq javob beradigan 203 nafar talabaga (36 nafari chin etim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda 153 nafar boquvchisini yo`qotgan) 475 834 291 so`m miqdorda 2020/2021-o`quv yili uchun stipendiyasiz to`lov-shartnoma mablag`ining 50 foizi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda «Mehrli qo`llar» xayriya jamoat fondi tomonidan beg`araz to`lab berilgan.

Реклама на Unews

O`tgan o`quv yilida 120 nafar talabaga umumiy 300 000 000 so`m miqdorda to`lov shartnoma mablag`lari beg`araz tartibda to`lab berilgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring